Rossiya Ukrainaga yana yuzlab dron va o‘nlab raketasi bilan zarba berdimi - Ukraina-chi? Video
Zelenskiy bayonoti

Surat manbasi, Украина давлат фавқулодда вазиятлар хизмати
Prezident Volodimir Zelenskiy aytishicha, Rossiyaning tungi zarbalari Ukrainadagi energetika sektori, fuqarolik infratuzilmasi va "kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan deyarli butun infratuzilma"ni nishonga olgan.
Ukraina prezidenti hujumda 600 dan ortiq dron va 30 ta raketa qo‘llanilganini, hujumlar oqibatida uch kishi, jumladan to‘rt yoshli bola halok bo‘lganini aytdi.
"Hozircha Ukraina hududlarining aksariyatida havo hujumi xavfi haqida ogohlantirishlar amal qilmoqda. Shu bilan birga, zarba oqibatlarini bartaraf etish bilan barcha zarur xizmatlar shug‘ullanmoqda", dedi u.
Unga ko‘ra, Rojdestvo arafasida — "odamlar shunchaki oilasi bag‘rida, uyida o‘zini xavfsiz his qilishni istagan paytda" — amalga oshirilgan bu hujumlar "Rossiya ustuvorligi haqida nihoyatda aniq nishon" beradi.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post

Surat manbasi, EPA
"Putin hanuzgacha o‘ldirishni to‘xtatishi kerakligini qabul qila olmayapti. Bu esa dunyo Rossiyaga yetarlicha bosim o‘tkazmayotganini anglatadi".
Ukrainada uchinchi qurbon haqida ham xabar berildi: Jitomir viloyatining markaziy qismida Rossiyaning tungi havo hujumi oqibatida to‘rt yoshli bola halok bo‘lganini viloyat ma’muriyati rahbari Vitaliy Bunechko ma’lum qildi.
"Uni shifoxonaga olib borishdi, shifokorlar uning hayoti uchun kurashdi, ammo oxir-oqibat hayotini saqlay olishmadi", - dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya zarbalari natijasida yana besh kishi jarohatlangan.
Rossiya kimyo zavodiga qilingan Ukraina hujumlari haqidagi xabarlar
Shu bilan birga, Rossiyaning janubidagi Stavropolda joylashgan neft-kimyo zavodiga Ukraina tomonidan tungi zarba berilgani aytilmoqda, deya xabar berdi mintaqa gubernatori.
Vladimir Vladimirovga ko‘ra, Ukraina droni zavodga urilishi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Qurbonlar yo‘q, turar joy binolari zarar ko‘rmagan.
Rossiyaning TASS axborot agentligi Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berishicha, mamlakat havo mudofaasi tizimlari bir kecha-kunduzda 29 ta Ukraina uchish moslamalarini tutib qolgan.
Hujumlar kuchayishi tinchlik kelishuvi hali uzoq ekanidan dalolat bermoqda

Surat manbasi, Reuters
Bu haqda BBC Yevropa muharriri Pol Kirbi sharhlaydi.
Dam olish kunlari Floridada o‘tkazilgan Ukraina bo‘yicha muzokaralardan so‘ng ko‘rinishidan oldinga siljish bo‘layotgandek edi, biroq joydagi vaziyat urushda tanaffus bo‘lmasligini ko‘rsatmqoda.
Volodimir Zelenskiyga ko‘ra, amerikaliklar Rojdestvo sulhini taklif qilgan, ammo Rossiya buni rad etgan.
Razvedka ma’lumotlariga tayangan holda, Zelenskiy kecha 25 dekabrgacha bo‘lgan davrda dronlar va raketalar qo‘llaniladigan yirik Rojdestvo hujumi xavfi haqida ogohlantirgan.
Zelenskiy bugun amerikaliklar bilan Floridadagi muzokaralar bo‘yicha, xususan, kelishuvga erishilsa, AQSh taqdim etishga tayyor bo‘lgan xavfsizlik kafolatlari masalasida hisobot olishini kutayotganini aytdi.
Putin hanuzgacha o‘ldirishni to‘xtatishi kerakligini qabul qila olmayapti. Bu esa dunyo Rossiyaga yetarlicha bosim o‘tkazmayotganini anglatadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham bugun o‘z elchisi Kirill Dmitrievdan ma’lumot oladi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Rossiyaning Izvestiya ro‘znomasi bilan suhbatda bu muzokaralarni burilish nuqtasi deb bo‘lmasligini aytgan.
Peskov buni "ish jarayoni" deb atab, muhokamalar endi "ekspertlar darajasi"ga o‘tishini bildirgan. Biroq Moskvadagi umumiy kayfiyat ijobiy ko‘rinmayapti.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov kecha Moskvada avtomobil portlashi oqibatida bir generalning o‘ldirilishini o‘zi "siyosiy-diplomatik yo‘nalish" deb atagan jarayon bilan bog‘lagandek bo‘ldi.
So‘nggi Rossiya hujumlari Prezident Volodimir Zelenskiyning Rossiyaning "tabiati" Rojdestvo paytida "keng ko‘lamli hujumlar uyushtirish" ekanini aytgan bayonotidan keyin sodir bo‘ldi. U bunday hujumlar "ayniqsa 23, 24 va 25 dekabr kunlari" amalga oshirilishini ta’kidlagan edi.

Surat manbasi, Украина давлат фавқулодда вазиятлар хизмати
Ukraina prezidenti Rossiya, Germaniya va AQSh kabi xalqaro hamjamiyat vakillarining Rojdestvo sulhi haqidagi chaqiriqlarini "ataylab mensimasligini" aytdi.
O‘tgan yili Rojdestvo kuni Rossiya Ukrainadagi energetika infratuzilmasiga yirik raketa va dron hujumini amalga oshirgan edi. Zelenskiy bu harakatni "atayin qabul qilingan tanlov" deb ta’riflagan.
Ukraina an’anaviy ravishda Rossiya ham foydalanadigan Yulian taqvimiga amal qilgan bo‘lib, unda Rojdestvo 7 yanvarga to‘g‘ri keladi. Biroq 2023 yildan boshlab mamlakat Rojdestvoni 25 dekabrda nishonlay boshladi.












