Video - Gey yigitlar maydonda qamchilandi

Qamchilash payti
Сурат тагсўзи, Besoqolboz erkaklar Shariat hukmiga muvofiq jazolandi.

Besoqolboz jinsiy aloqada boʻlgani uchun ikki musulmon erkak omma oldida 83 darradan qamchilandi.

Indoneziyaning Acheh viloyatida amal qiladigan Shariat qonunlari birinchi marta gomoseksualist erkaklarga nisbatan qoʻllanilmoqda.

Oʻtgan mart oyida olomon ikki yigitni jimo ustida ushlab olgandi.

Ular ochiq maydonda, yuzlab odamlar koʻz oʻnggida jazolangan.

Bu hodisa Indoneziyadagi geylarni chuqur qoʻrquvga solmoqda.

Shariat qonunlari joriy etilgan Acheh hokimi Illiza Jamal-xonim esa geylarni butkul yoʻqotishga ahd qilgan.

Koʻpchilik geylarni jazolash tarafdori.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02