AQSh Braun Universitetidagi otishmadan so‘ng grinkarta lotereya dasturini to‘xtatdi

Surat manbasi, Reuters
- Author, Sofiya Ferreyra Santos
- Role, BBC Yangiliklar bo‘limi
- O'qilish vaqti: 3 daq
Prezident Donald Tramp o‘tgan hafta Braun Universitetida sodir bo‘lgan ommaviy otishmadan so‘ng AQSh grinkarta lotereya dasturini to‘xtatdi.
Gumondor shaxs - portugaliyalik erkak payshanba kuni o‘lik holda topilgan. U 2017 yilda immigratsion vizalar uchun mo‘ljallangan "diversity lottery" (DV1) dasturi orqali mamlakatga kirgan va grinkarta olgan.
Ichki xavfsizlik kotibi Kristi Noem Tramp ko‘rsatmasiga binoan vizalar dasturini "bu halokatli dastur tufayli boshqa amerikaliklar zarar ko‘rmasligi uchun" to‘xtatganini aytdi.
AQSh rasmiylari gumondor - 48 yoshli Klaudio Neves Valente shu hafta boshida Massachusets Texnologiya Institutining portugaliyalik professori Nuno Loureiro‘ni ham o‘ldirgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Dastur har yili AQShga immigratsiya darajasi past bo‘lgan mamlakatlardan kelgan arizalar orasida qur’a orqali 50 mingtagacha vizani taqdim etadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yozganida, Noem Tramp 2017 yilda Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan yuk mashinasi bilan odamlarni urib ketish hujumida sakkiz kishi halok bo‘lgach, ushbu dasturga barham berish uchun avval ham kurashganini eslatdi.
Noemning aytishicha, hujumni amalga oshirgan, hozir umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan, "Islomiy davlat" tarafdori bo‘lgan O‘zbekistonlik Sayfullo Saipov AQShga DV1 dasturi orqali kirgan.
Noem bu fikrlarni Neves Valente Nyu-Xempshir shtatidagi Salem shahrida saqlash omborida o‘lik holda topilganidan bir necha soat o‘tib bildirdi. Politsiya uni o‘z joniga qasd qilgan deb hisoblamoqda.
Politsiya ma’lum qilishicha, video yozuvlar va fuqarolardan kelgan xabarlar tergovchilarni avtomobil ijarasi punktiga olib borgan. U yerda gumondorning ismi aniqlangan va olti kun davom etgan, bir necha shtatni qamrab olgan qidiruvdan so‘ng uning shaxsi tasdiqlashgan.
U yon sumka va ikkita o‘qotar qurol bilan o‘lik holda topilgan. Yaqin atrofdagi avtomobildan topilgan dalillar Rod-Aylend bosh prokurori Piter Neronha ma’lum qilishicha, Providensdagi Braun Universitetida sodir bo‘lgan otishma joyiga mos kelgan.

Surat manbasi, Reuters
Braun Universiteti prezidenti Kristina Paxonning aytishicha, Neves Valente 2000 yil kuzidan keyingi bahorgacha Ivy League universitetida o‘qigan va fizika bo‘yicha PhD darajasi uchun tahsil olgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Valente hozirda Braun bilan "hech qanday faol aloqaga ega emas".
Rasmiylar gumondor dushanba kuni Massachusets Texnologiya Institutining professori, 47 yoshli Nuno F Gomes Loureiro‘ni Providensdan taxminan 80 km uzoqlikdagi Bruklindagi uyida otib o‘ldirgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Politsiya aytishicha, ikkala shaxs ham 1990 yillarning oxirida Portugaliyadagi bir xil universitetda tahsil olgan.
Rasmiylar ishlar gumondorning avtomobili CCTV yozuvlari va Braun Universitetidagi guvoh orqali aniqlangach bog‘langanini ma’lum qildi.
Xuddi shu avtomobil ikki kundan keyin professor otib o‘ldirilgan joy yaqinida ham ko‘rilgan.
Hokimiyatlar hozircha har ikkala hujum uchun ehtimoliy sababni oshkor qilmagan.
13 dekabrь kuni Braun Universitetining muhandislik binosiga qurollangan shaxs bostirib kirib, yakuniy imtihonlar paytida o‘q uzishi natijasida ikki talaba halok bo‘ldi, yana to‘qqiz kishi yaralandi.
Halok bo‘lganlar - 19 yoshli Ella Kuk, Alabamadan kelgan ikkinchi kurs talabasi, va 18 yoshli Muhammad Aziz Umurzokov, universitetda endigina o‘qishni boshlagan o‘zbek-amerikalik talaba.












